Ayrim fan o‘qituvchilariga 1 yanvardan 50 foiz ustama beriladi

Jamiyat

image

2025 yil 1 yanvardan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida dars beruvchi ona tili va adabiyoti hamda tarix fani o‘qituvchilariga 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi. Bu haqda Prezidentning 2024 yil 21 fevraldagi “O‘zbekiston–2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan.

Unga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tarix, ona tili va adabiyoti fanlari bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan va ushbu fanlardan dars beruvchi pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning 30 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning ta’lim-tarbiya sohasi vakillari bilan muloqotida 2025-2026 o‘quv yilidan xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini berish yo‘lga qo‘yilishi ma’lum qilingandi. Sinovlarda 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglarga esa qo‘shimcha 70 foiz ustama to‘lanadi.


Maqola muallifi

Teglar

tarix ustama ona tili va adabiyoti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing