“Rossiya hududi Mo‘g‘ulistonniki bo‘lgan”. Sobiq prezident Putinga tarixni eslatdi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin amerikalik jurnalist Taker Karlson bilan suhbatida Ukrainaga bostirib kirishini “tarixiy ma’lumotlar” bilan asoslaganidan so‘ng, Mo‘g‘ulistonning sobiq prezidenti Saxiagiyn Elbegdorj Mo‘g‘ullar imperiyasining bir nechta xaritalarini o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qildi.

Suratlardan biri XIII asrga taalluqli bo‘lib, Chingizxon va uning avlodlari tomonidan bosib olingan hududlar Rossiya, Belarus, Ukraina, Turkiya, Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon, Eron, O‘zbekiston, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Pokiston, Xitoy, Koreya, Hindiston kabi o‘nlab zamonaviy davlatlar hududini qamrab olganini ko‘rish mumkin.

Boshqa bir xarita esa 1471 yilga oid bo‘lib, Rossiya ulkan Mo‘g‘ul imperiyasi ichidagi kichik bir mintaqa sifatida ko‘rsatilgan.

Elbegdorj Putinga xos mantiqqa asoslanib, zamonaviy Rossiya Chingizxon avlodlariga tegishli bo‘lganini eslatgan.

 “Putinning nutqidan keyin men Mo‘g‘ulistonning tarixiy xaritasini topdim. Xavotir olmang, biz tinch va ozod xalqmiz”, deb yozgan u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vladimir Putin amerikalik jurnalist Taker Karlsonga bergan intervyusida Rossiya Ukrainadagi maqsadlariga hali erisha olmagani haqida aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin prezident tarix Mo'g'uliston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing