Xalqaro qidiruvdagi shaxs ilk bor Shvetsiyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
3-sahifa
−
27 mart 2023
15452Xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs birinchi marta Shvetsiyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Ushbu jarayon Interpolning O‘zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi xodimlari tomonidan amalga oshirildi. Bu haqda byuro matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent va Stokgolm Interpol Milliy Markaziy byurolarining hamkorlikdagi harakatlari hamda Lion shahrida o‘tkazilgan Milliy markaziy byurolar rahbarlarining yillik konferensiya davomidagi uchrashuvlar natijasida Shvetsiyadan birinchi marta jinoyatchi O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingan.
Qidirilayotgan shaxs noqonuniy boyish maqsadida bir guruh shaxslar bilan til biriktirib, puxta o‘ylangan rejaga muvofiq, tegishli hujjatlarni qalbakilashtirish orqali ko‘chmas mulkni sotish bilan shug‘ullangan va o‘zining ushbu firibgarlik harakatlari orqali katta moddiy zarar yetkazgan.
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyatchi Yevropa Ittifoqi mamlakatlari hududida yashiringan, ammo tezkor-qidiruv tadbirlari davomida qidiruvdagi shaxs Shvetsiya hududida aniqlangan va hibsga olingan.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining ekstraditsiya to‘g‘risidagi iltimosnomasi qanoatlantirilganidan so‘ng jinoyatchi Interpol Milliy markaziy byurosi xodimlari hamrohligida adolat qaror topishi uchun O‘zbekistonga olib kelingan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr