XAEA Qatarga yordam bermoqda

Sport

image

Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) Qatar bilan Jahon chempionati vaqtida yadro xavfsizligi bilan bog‘liq hodisalarning oldini olish bo‘yicha hamkorlik qilmoqda. Bu haqda agentlik 21 noyabr kungi bayonotida ma’lum qildi.

“Joriy yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatida XAEA Qatarga yadroviy xavfsizlik bilan bog‘liq muammolarini hal qilishda yordam bermoqda”, deyiladi bayonotda.

XAEA bosh direktori Rafael Grossining so‘zlariga ko‘ra, futbol muxlislari “yadroviy xavfsizlik masalalari haqida qayg‘urmasdan Qatardagi o‘yinlarda qatnashish imkoniyatiga ega”. 

JCH uchun XAEA Qatarga 120 dan ortiq dozimetrlarni sovg‘a qildi, shuningdek, agentlik muxlislar bilan yadroviy xavfsizlik hodisalari sodir bo‘lganda nimalar qilish kerakligi bo‘yicha treninglar o‘tkazdi.

Ma’lumot uchun, Qatar Jahon chempionatiga mezbonlik qilish huquqini qo‘lga kiritgan birinchi arab davlati bo‘ldi. 2,8 millionga yaqin aholisi bo‘lgan davlatga mundial vaqtida 1,5 millionga yaqin muxlislar kelishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qatar2022 JCH2022

Baholaganlar

81

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing