Keyndan xet-trik: Angliya tarixiy rekordni yangiladi
Sport
−
13 noyabr 2021
2284Angliya terma jamoasi sardori Xarri Keyn JCH-2022 saralashidan o‘rin olgan Albaniyaga qarshi o‘yinda (5:0) xet-trik qayd etdi.
Ushbu o‘yinda 28 yoshli futbolchi milliy terma jamoa safida 44, rasmiy o‘yinlardagi 39-golini urdi va bu natija bo‘yicha Ueyn Runining rekordini yangiladi. Runi “uch sherlar” libosi ostidagi rasmiy maqomga ega bellashuvlarda 37 marta darvozabonlarni ojiz qoldirgan, biroq umumiy hisobda esa 53 gol evaziga eng yaxshi to‘purar bo‘lib turibdi.
Bundan tashqari britaniyaliklar 2021 yilda umumiy hisobda 42 ta gol urishdi. Bu natija jamoaning bir kalendar yilidagi eng yaxshi ko‘rsatkichidir. Avvalgi rekord 1908 yilda qayd etilgan. O‘shanda Angliya terma jamoasi 39 marta raqiblar darvozasiga to‘p kiritishni uddalagan edi.
Eslatib o‘tamiz, Xarri Keyn joriy yilning 25 avgust kuni faoliyatini davom ettirish borasida yakuniy qarorini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Angliya terma jamoasi sardori yangi mavsumni ham “Tottenxem” safida o‘tkazishini aytgan edi.
Biroq, “Manchester Siti” 2022 yilning yanvar oyida Keyn uchun yangi transfer taklifini yuborishga tayyorligini ma’lum qilgan.