Keyn rekord o‘rnatdi
Sport
−
06 noyabr 2023
3099"Bavariya” hujumchisi Harri Keyn Germaniya chempionatining 10-turidan o‘rin olgan Dortmundning “Borussiya”si bilan o‘yinda (4:0) uchta gol urdi. Shu tariqa, ingliz forvardi Myunxen klubi safidagi gollari sonini 16 taga yetkazdi.
Hammasi bo‘lib Keyn “Bavariya” safida barcha musobaqalarda 14 ta o‘yinda 23 ochko (16+7) to‘pladi. U joriy mavsumda bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha jamoaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lib turibdi. Chempionatda Keyn 15 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi va to‘purarlar ro‘yxatida “Shtutgart” hujumchisi Seru Girassini (14) ortda qoldirdi.
Shuningdek, angliyalik futbolchi 1963/64 yilgi mavsumda Bundesligada “Shalke” safida o‘tkazgan dastlabki 10 o‘yinidan so‘ng 13 ta gol urgan Klaus Matishakning rekordini yangiladi.
Keyn shu yozda “Bavariya” safiga kelib qo‘shilgandi. O‘tgan mavsumda forvard “Tottenxem” safida barcha turnirlar doirasida 49 ta o‘yin o‘tkazib, 32 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining “Bavariya” bilan shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. “Transfermarkt” internet portaliga ko‘ra futbolchining taxminiy narxi 110 million yevroni tashkil qiladi.