Kemerovada mashhur bayker yo‘lda vafot etdi

Olam

image

Kecha, 12 oktyabr kuni Rossiyaning Kemerovo viloyati gubernatori kortejiga hamrohlik qiluvchi mototsiklchi Dmitriy Ivansov yo‘lda to‘satdan boshqaruvni yo‘qotdi hamda vafot etdi. Bu haqda MK xabar bermoqda. 

Ma’lum bo‘lishicha, Bayker gubernator Sergey Sivilev kortejiga shu yilning 11 oktyabr kuni vafot etgan kosmonavt Aleksey Leonov tug‘ilgan Listvyanka qishlog‘iga safari paytida hamrohlik qilgan. 

Mototsiklchining jamoadoshi Igor Shemchuk: "Kecha, 12 oktyabr kuni kechqurun viloyat rahbari Sivilev mototsiklchilar karvoni bilan safardan qaytayotgan edi. Dima boshqaruvni yo‘qotdi, yo‘ldan qoldi va yiqildi".

Xabar qilinishicha, Ivansov tez yordam kelguncha vafot etgan. Mototsiklchining hamkasblari u tajribali haydovchi va sog‘lom turmush tarzini olib borishini ta’kidladi. 

Gubernatorga hodisa haqida faqat amaldor Kemerovoga qaytib kelganida xabar qilindi.

Viloyat Hukumati marhumning oilasiga yordam berishga va’da berdi. 

Ivansov Kemerovoda Karbid laqabi bilan tanilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

vafot etdi Dmitriy Ivantsov Kemerova

Baholaganlar

63

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing