Kelin orqasini o‘girib, gul otishi madaniyatimizga to‘g‘ri kelmaydi – Sayfullayev

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Baxtiyor Sayfullayev o‘zbek to‘ylariga kirib kelayotgan ommaviy madaniyatga qarshi chiqdi. 

“O‘tkazilayotgan tadbirlarda, hammangiz bilasizlar - “Love story” , “uzundan-uzun kortej” – bu ommaviy madaniyatning salbiy oqibatlaridir. Shu “kelin turvolib, dugonalariga gul otishi”. Bizda, o‘zbek xalqida bu narsalar bo‘lmagan. Bundan illatlar kelib chiqyaptiki. Qayerdan olingan? Mayli, yevropaga yoki boshqa xalqqa xos bo‘lsin. Lekin biz o‘zimizning ibomiz, o‘zbek xalqining urf-odatlari bor, o‘zini bir deylik, ideallari bor. Biz “namunali oila”, “namunali kelin kuyov bo‘lsak” degan “orzu havas” so‘zlari bor. Lekin, bu narsalarni “orzu havas” deb aytib bo‘lmaydi”, deydi Sayfullayev.

Sayfullayevning so‘zlariga ko‘ra, dabdabali to‘ylarni o‘tkazish holatlari hamon uchramoqda.

“Ochig‘ini aytish kerakki, shuncha targ‘ibot ishlariga qaramay, hamon to‘ylarni dabdabali qilib o‘tkazish, qator kortejlar tashkil qilishga urinayotgan yurtdoshlarimiz uchrab turibdi. Buni ayniqsa, internet sahifalar, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rib, o‘zimiz guvoh bo‘lmoqdamiz. Demak, hali qilayotgan ishlarimiz kutilgan samarani bermayapti”, deydi Senat vakili.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning 14 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Senat Kengashining “To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori qabul qilindi. Qaror bilan maxsus Nizom ishlab chiqildi. Ushbu qaror va Nizom joriy yilning 1 yanvaridan kuchga kirdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baxtiyor Sayfullaev to'y

Baholaganlar

60

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing