Kelajakda Rossiya bilan qurolsizlanish bo‘yicha kelishuvlarga muhtojmiz – Shols
Olam
−
18 iyul
6582G‘arbning Rossiya bilan yaqin kelajakdagi munosabatlari cheklash siyosati bilan belgilanadi. Uzoq muddatga Rossiya bilan qurolsizlanish bo‘yicha shartnomalarni qayta tuzish kerak. Bu haqda Germaniya kansleri Olaf Shols 17 iyul kuni APD telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Qilayotgan har bir ishimiz yetakchi jahon kuchlari o‘rtasida qurol nazorati haqida gaplashadigan vaqt yana kelishiga olib kelishi kerak, hatto bu vaqt hali juda uzoqda bo‘lsa ham”, deydi Olaf Shols.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qurolsizlanish bo‘yicha barcha kelishuvlardan chiqdi va buning uchun javob berishi kerak.
“Shuning uchun biz shunchalik kuchli bo‘lishimiz kerakki, hech kim bizga hujum qilmasin”, deb tushuntirdi kansler.
Shuningdek, u intervyuda 2025 yil uchun Germaniya federal byudjeti mavzusiga to‘xtaldi. 17 iyul kuni hujjat loyihasini ko‘rib chiqqan “Reuters” agentligi Ukrainani harbiy qo‘llab-quvvatlashga sarflanadigan xarajatlarni ikki baravar - 8 dan 4 milliard yevrogacha qisqartirishni ko‘zda tutayotganini yozgan.
Azizbek Eshmamatov
LiveBarchasi