Kecha O‘zbekistonda qancha kishida koronavirus aniqlandi?

Jamiyat

image
0:00
0:00
download
Koronavirusning yangi nishoni bolalar...mi? Otabekov izoh berdi north_east

Koronavirusning yangi nishoni bolalar...mi? Otabekov izoh berdi

Kecha, 15 mart kuni O‘zbekistonga koronavirus kirib kelganiga bir yil to‘ldi. Shu kuni mamlakatda yana 65 kishida COVID-19 infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda. Ayni vaqtga qadar O‘zbekistonda ushbu kasallikka chalinganlar 80 743 nafarni tashkil etmoqda. 

Yangi kasallanish holatlarining:

•    2 nafari Andijon viloyatida;
•    3 nafari  Buxoro viloyatida;
•    2 nafari Surxondaryo viloyatida;
•    1 nafari Xorazm viloyatida;
•    4 nafari Toshkent viloyatida;
•    53 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

•    Farg‘ona viloyatida 3 nafar;
•    Toshkent viloyatida 13 nafar;
•    Toshkent shahrida 24 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 79371 (+40) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 750 nafar bemordan 141 nafari og‘ir, 23 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Eslatib o‘tamiz, bir kun avval, 14 mart kuni O‘zbekistonda 111 kishida koronavirus aniqlangan edi. Shundan 93 kishi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

1058

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing