Koronavirusning yangi nishoni bolalar...mi? Otabekov izoh berdi
Salomatlik
−
15 mart 2021
29298Xabaringiz bor, oxirgi kunlarda O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari yana ortmoqda. O‘tgan yili kasallik asosan keksalar va o‘rta yoshlardagilarga xavf solgan bo‘lsa, endi uning yangi nishoni bolalar va o‘smirlar bo‘lmoqda. Ayni vaqtda mamlakatdagi maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, maktab o‘quvchilari va oliy o‘quv yurtlari talabalarida kasallik qayd etilmoqda.
Bugun, 15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirus ilk bor qayd etilgan kun munosabati bilan QALAMPIR.UZ tomonidan tashkil etilgan Korona Marafoni jonli muloqotida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari Nurmat Otabekov kasallikning aynan bolalar va o‘smirlar orasida tarqalishini izohladi.
“Hozir kasallikni maktab o‘quvchilari, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va oliy o‘quv yurtlari talabalari orasida uchrayotgani – bu eng faol, ya’ni uyushgan jamoalarda kasallik tarqalishi ehtimoli yuqori ekanidan darak beradi. Uyushgan jamoada muloqot ko‘p. Kasallik qo‘zhatuvchisi o‘z “ega”sini qayta-qayta almashtirgani uchun “virulentlik” va “patogenlik” xususiyati ortib boradi. Natijada kasallik yana ko‘proq odamni zararlashi ehtimoli paydo bo‘ladi. Buni “ekilish” deb ifodalash mumkin. Ya’ni bir “ega”ga kirib olib, ikkinchi bir “ega”ni tanlash va almashtirish orqali viruslar ko‘payadi. Shu nuqtayi nazardan hozirgi vaziyatni ogohlik qo‘ng‘irog‘i sifatida qabul qilish kerak va mos ravishda munosabatda bo‘lish kerak”, deydi Nurmat Otabekov.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 15 mart kuni Toshkent shahri Olmazor tumanidagi 117-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasining ish faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan. MTTda 13 mart kuni 2 nafar tarbiyalanuvchi va 2 nafar tarbiyachida COVID-19 aniqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi qonunning 12 moddasi “j” bandiga asosan maktabgacha ta’lim tashkilotining xodimlari va tarbiyalanuvchilari 14 kunlik tibbiy nazoratga o‘tkazilishi ma’lum qilindi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15