Kattaqo‘rg‘ondagi portlash sababi ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
12 aprel 2020
20255Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahridagi ko‘p qavatli uyda yuz bergan portlash bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar berildi va dastlab aytilganidek hodisada 3 kishi halok bo‘lgani tasdiqlandi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilishicha, hodisada 3 kishi halok bo‘lgan va to‘rt kishi shifoxonaga yotizilgan.
Hodisada jabrlanganlarning barchasi ushbu uyda yashovchilar bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlashga uyning birinchi qavatidagi kvartirada is gazi sizib chiqishi oqibatida portlash ro‘y berishi sabab bo‘lgan.
Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmsi va boshqa tuzilmalar xodimlari hududda qutqaruv ishlarini olib borishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bugun, soat 6:43 da Kattaqo‘rg‘on shahar Go‘zalkent mahallasi, Bobur ko‘chasida joylashgan ikki qavatli uylarning birida yuz berdi. Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on shahar IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi