Kattaqo‘rg‘on shahriga yangi prokuror tayinlandi
Jamiyat
−
12 iyul 2021
9709Adliya maslahatchisi Fayzulla Tashmuhammadovich Egamqulov Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan amalga oshirilgan.
Ma’lumot uchun, Egamqulov tayinlovga qadar Samarqand viloyati prokurorining katta yordamchisi lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, prokurorlar bo‘yicha so‘nggi tayinlov Qashqadaryo viloyatida amalga oshirilgandi. Bosh prokurorning buyrug‘i bilan adliya maslaxatchisi Bahriddin Bahodir o‘g‘li Bahodirov Qamashi tumaniga prokuror etib tayinlangandi.
LiveBarchasi