Katta “ov”: Italiyada mafiya guruhuning 30 a’zosi qo‘lga olindi

Olam

image

Italiya karabinerlari (harbiylashtirilgan politsiya) mamlakat janubidagi Apuliya viloyatida mafiya guruhuga qarshi keng ko‘lamli operatsiya o‘tkazdi. Mafiya faoliyati, giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishi va bir qator og‘ir jinoyatlar bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida 30 kishi hibsga olindi. Bu haqda huquq-tartibot idoralarining bayonotida so‘z boradi.

“Lechche qo‘mondonligi karabinerlari jami 52 nafar gumonlanuvchi figurant bo‘lgan jinoyat ishi doirasida 30 ta ehtiyot chorasini qo‘lladi. Chora ko‘rilgan 30 kishidan 27 nafari qamoqqa olindi, uch nafari esa uy qamog‘iga joylashtirildi”, deyiladi xabarda.

Gap “Sacra Corona Unita” (“Birlashgan muqaddas toj”) mafiya tashkiloti bilan aloqador bo‘lgan guruh haqida bormoqda. Tergov talqiniga ko‘ra, qo‘lga olinganlar mafiya hamjamiyatida ishtirok etish, qotillikka suiqasd qilish, narkotrafikni tashkil etish, qurol-yarog‘ va portlovchi moddalarni saqlash hamda olib yurish, o‘g‘irlangan buyumlarni sotib olish, o‘t qo‘yish, tahdid qilish va mafiya tarkibi tufayli og‘irlashtiruvchi holatlar mavjud bo‘lgan boshqa jinoyatlarga aloqador.

Tergov davomida jinoiy guruhning uchta taxminiy “sammiti” (yig‘ilishi) aniqlangan. Ushbu yig‘ilishlarda yangi a’zolarni qabul qilish marosimlari o‘tkazilgan, shuningdek, narkotrafik, hibsga olingan sheriklarni moddiy qo‘llab-quvvatlash va ichki nizolarni hal qilish masalalari muhokama qilingan.

“A’zolikka qabul qilish rituali yangi qabul qilinayotgan shaxsning o‘ng yelkasi, ko‘kragi yoki qorniga xoch shaklini chizishni va shundan so‘ng marosim ishtirokchilarining lablaridan o‘pishni o‘z ichiga olgan. Bunday belgilar tergov harakatlari davomida keyinchalik hibsga olingan ba’zi gumonlanuvchilarda ham aniqlangan”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyda Myanmadagi firibgarlik (skam) markazlari tarmog‘ini boshqargan Bay mafiya oilasi a’zolarining to‘rt nafariga nisbatan chiqarilgan o‘lim jazosi ijro etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Italiya mafiya karabiner

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing