Katta Farg‘ona kanaliga cho‘kkan yigitning jasadi 2,5 oydan so‘ng topildi

3-sahifa

image

Joriy yilning yanvar oyida ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida o‘zini Katta Farg‘ona kanaliga tashlagan, voyaga yetmagan A.A. qidirilayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Bugun, 5 mart kuni 2004 yilda tug‘ilgan A.A.ning jasadi Katta Farg‘ona kanalining Toshloq tumani, Besarang qishlog‘idan oqib o‘tgan qismidan topildi. Ushbu ma’lumotni QALAMPIR.UZ’ga Farg‘ona viloyati IIB tasdiqladi. 

Sud tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, uning o‘limiga nafas yo‘llarini suv bilan berkilishi oqibatida yuzaga kelgan mexanik asfeksiya sabab bo‘lganligi aniqlangan. Hozirda tekshiruv davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning 22 dekabr kuni 2-sonli kasb-hunar maktabi o‘quvchisi A.A. voyaga yetmagan tanishlarini oldida Katta Farg‘ona kanalining Yozyovon tumani "Taraqqiyot" mahalla hududidan o‘tgan qismiga o‘zini tashlab, suvdan qaytib chiqmagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Katta Farg'ona kanali

Baholaganlar

2045

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing