Katta Farg‘ona kanalida 20 yoshli yigit cho‘kib ketdi

3-sahifa

image

Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidan o‘tgan Katta Farg‘ona kanalida 20 yoshli yigit cho‘kib ketdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 5 avgust kuni yigit tumanning “Gulbog‘” mahallasidagi kanalga cho‘milish maqsadida borgan.

Tergovga qadar tekshiruvda suvda cho‘kkan shaxs Andijon tumanida yashagan H.G‘. ekani aniqlangan. Yigit Andijon arxitektura institutining 3-bosqich talabasi bo‘lgan.

Hozirda holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib borish uchun Oltinko‘l tumani prokuraturasiga yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 may kuni Katta Farg‘ona kanalida maktab bitiruvchisi oqib ketgan edi. Oradan 9 kun o‘tib, uning jasadi topilgan. Shuningdek, joriy yilning 30 iyul kuni Samarqand viloyatidagi Kattaqo‘rg‘on suv omborida ham 4 nafar yigit cho‘kib vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon Katta Farg'ona kanali

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing