Katta Farg‘ona kanaliga cho‘kib ketgan bolaning jasadi 9 kundan keyin topildi
3-sahifa
−
04 iyun 2023
10369Joriy yilning 25 may kuni Katta Farg‘ona kanalida maktab bitiruvchisi oqib ketgani haqida xabar berilgandi. Uning jasadi 3 iyun kuni topildi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qildi.
Keltirilishicha, bolaning jasadi kecha, 3 iyun kuni soat 18:20da Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Maxsus vazifalarni bajaruvchi mintaqaviy qutqaruv otryadi g‘avvos-qutqaruvchilari tomonidan Oltiariq tumani Tinchlik shaharchasidan oqib o‘tuvchi janubiy Katta Farg‘ona kanalidan topilgan.
25 may kuni Qo‘shtepa tumanidagi maktablarning biridagi bitiruvchilar “Paxtakor” mahallasi hududidan oqib o‘tadigan Katta Farg‘ona kanaliga cho‘milish maqsadida borgan. Ulardan biri esa cho‘milish vaqtida suvdan qaytib chiqmagan.
“Shu o‘rinda hurmatli fuqarolarimizdan cho‘milish taqiqlangan joylarda cho‘milmasliklaringni so‘rab qolamiz”, deyiladi viloyat FVB xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Samarqand viloyatidagi Zarafshon daryosiga 3 nafar voyaga yetmagan bola cho‘kib ketgani oqibatda suv ostidan ulardan murdasi topilgandi. Shuningdek, Andijonda 20 yoshli yigit kanalga tushib ketgan sevgan qizini qutqaraman deb cho‘kib ketgandi.
LiveBarchasi