Katta Farg‘ona kanaliga cho‘kib ketgan 13 yoshli sportchi bolaning jasadi topildi
Jamiyat
−
08 mart 2021
26264Avvalroq, Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida yashagan 13 yoshli Umidjon Abdusattorov 5 mart kuni ehtiyotsizlik oqibatida shu hududdan oqib o‘tuvchi Katta Farg‘ona kanaliga cho‘kib ketgani haqida xabar bergan edik.
Hodisa joyida qidiruv ishlari olib borilib, bugun, 8 mart kuni uning jonsiz tanasi Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining maxsus mintaqaviy qidiruv-qutqaruv otryadi g‘avvoslari tomonidan hodisa sodir bo‘lgan joydan 1 200 metr uzoqlikda 2 metr chuqurlikdan topildi. Hozirda unga nisbatan belgilangan tartibda sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Tuman hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlari ham har kuni vaziyatni nazorat qilib borgan.
Ma’lum qilinishicha, 22-umumta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi bo‘lgan bola shu yerda joylashgan baydarka va kanoeda eshkak eshish bazasi mashg‘ulotlariga qatnashgan.