Karimovning o‘g‘li xotinini nima uchun kaltaklagani ma’lum bo‘ldi

3-sahifa

image

O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning o‘g‘li Pyotr Karimov Rossiyaning Krasnogorsk shahrida xotinini kaltaklaganlikda gumonlanib, ushlangandi. Uning rafiqasi Yuliya Smetankina turmush o‘rtog‘i bilan janjal pul sababli boshlanganini ma’lum qildi. Bu haqda “112” Telegram-kanalida keltirilgan.

Pyotr Karimovning rafiqasi eri qo‘yib yuborilgandan so‘ng g‘oyib bo‘lganini va u bu haqda tegishli organlarga murojaat qilmoqchiligini aytgan. 

“Pyotr uyga mast holda kelgan hamda xotinidan Toshkentga chipta va mehmonxona uchun pul talab qilgan. Rad etilgach, u g‘azablanib, xotiniga hujum qilgan. Karimov Yuliyaning boshiga telefon bilan urib, yuzini yonib turgan pechkaga qo‘ygan”, deyiladi xabarda.

Yuliya Smetankinaning qayd etishicha, avval ham eri uni urgan, lekin u hech qachon bunchalik qattiq kaltaklamagan.

Aniqlanishicha, Pyotr meros bo‘yicha sudda ishtirok etish uchun O‘zbekistonga ketmoqchi bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Pyotr Karimov O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning Natalya Kuchmi bilan birinchi turmushidan o‘g‘li ekani aytiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Islom Karimov Pyotr Karimov Yuliya Smetankina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing