Karimovning nabirasi ko‘chada er qidirib yuribdi (video)
Jamiyat
−
24 avgust 2023
60021Ijtimoiy tarmoqlarda "Mashatilly" taxallusi bilan tanilgan O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning nabirasi Maryam Tillyayeva o‘ziga turmush o‘rtoq kerakligi haqidagi videoni Instagram sahifasiga joyladi.
"Mashatilly" videoda “Er qidiryapman” yozuvli e’lonni qo‘lida ko‘targan holda shahar ko‘chalarida kezib yurgan. Bu harakatdan hayratda qolgan, u bilan suratga tushgan va hatto qizni qo‘lidan yetaklagan yigitlar ham topilgan.
Aslida, ushbu video ijtimoiy tarmoqlarda juda ommalashgan trend bo‘lib, blogerlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan Maryam Tillyayeva ham shu sababdan videoni suratga olgan. Uning ostiga esa “Nomzodlar qabul qilinadi. Izohlar qoldiring”, deb yozib qo‘ygan. Video joylanganidan buyon 2 soat ichida 11 mingdan ortiq Like yig‘di va 1,5 mingdan ortiq ulashildi.
Kuzatuvchilar tomonidan "Mashatilly"ni qo‘llab-quvvatlovchi izohlar ham, sobiq prezidentning oila a’zosi sifatida uning bu harakatlarini yoqlamaydigan izohlar ham qoldirilgan. Xususan, “Sen juda chiroyli qizsan, albatta, hamma senga uylangan bo‘lardi”, deb izoh qoldirgan kuzatuvchilardan biri.
“Agar men sobiq prezidentning oilasidan bo‘lsam, bunday ahmoqona narsalar qilmagan bo‘lardim”, deb yozgan boshqa bir obunachi.
Ma’lumot o‘rnida, Maryam Tillyayeva O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillyayevaning to‘ng‘ich qizi. Maryam 1999 yilning 20 yanvar kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan. O‘tgan yili u rossiyalik bloger Amiran Sardarovga turmushga chiqqan edi, ammo 2022 yilning iyul oyida ularning munosabati o‘z poyoniga yetgani ma’lum bo‘ldi.