“Karib dengizi qaroqchilari” filmi aktyori qamoqqa olindi
Madaniyat-san’at
−
19 fevral
505267 yoshli Gollivud yulduzi Kevin Maknelli hibsga olindi. Bu haqda "The Sun" gazetasi xabar bermoqda.
O‘zbek tomoshabinlariga “Karib dengizi qaroqchilari” filmidagi Joshami Gibbs – kapitan Jek Chittakning uzoq yillik safdoshi va sodiq yordamchisi roli bilan tanilgan aktyor AQSHning Los-Anjeles shahrida zo‘ravonlik, badanga shikast yetkazish va travmatik holatga olib kelish aybi bilan hibsga olingan.
Qo‘lga olinganidan ko‘p o‘tmay, uning advokati politsiya bo‘limiga kelgan va 50 ming dollar garov evaziga Maknelli ozod qilingan. Qayd etilishicha, kelasi oy sud ishi bo‘lib o‘tadi.
Jabrlanuvchi kim ekani, uning Maknelli bilan qanday aloqasi borligi haqida aniqlik kiritilmagan. Gazetaning yozishicha, aktyorning rafiqasi uning hibsga olinganidan xabari bo‘lmagan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda “Karib dengizi qaroqchilari” filmining muallifi Kreyg Meyzin o‘zining butun dunyoga mashhur bo‘lgan ushbu Disney franshizasining navbatdagi qismini suratga olayotgani aytilgan edi.