AQSH Karib dengizida narkotik tashuvchi qayiqni yo‘q qildi. Qurbonlar bor
Olam
−
13:47 508 1 daqiqa
AQSH armiyasi Karib dengizidagi kontrabanda yo‘nalishida kartellar nomidan giyohvand modda olib ketayotgan qayiqqa hujum uyushtirdi. Zarba oqibatida 4 nafar “narko-terrorchi” halok bo‘ldi. Bu haqda AQSH Janubiy qo‘mondonligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, operatsiya davomida giyohvand modda tashiyotgani aniqlangan qayiq nishonga olingan.
AQSH Janubiy qo‘mondonligi bayonotida aytilishicha, mazkur operatsiya Karib dengizidagi kontrabanda yo‘nalishlaridan birida o‘tkazilgan. Hujum oqibatida 4 nafar “narko-terrorchi” halok bo‘lgan.
Shuningdek, AQSH armiyasi qayiq qaysi narkokartel bilan bog‘liq ekani, operatsiyani qaysi kuchlar amalga oshirgani hamda hujumning boshqa tafsilotlarini oshkor qilmagan.
Ma’lum qilinishicha, AQSH Janubiy qo‘mondonligi Karib dengizi va Lotin Amerikasi atrofidagi dengiz yo‘llarida xalqaro narkokartellarning faoliyatiga qarshi operatsiyalar olib bormoqda. Mazkur hujum ham giyohvand modda kontrabandasiga qarshi kurash doirasida amalga oshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Karib dengizida taqiqlangan moddalarni tashiyotgani aytilayotgan ikki qayiqqa zarba bergandi. Amaliyot oqibatida besh kishi halok bo‘lgan.
Live
Barchasi