Karantin vaqtida ham farzand uchun aliment to‘lanadimi?

Bu qiziq

image
Endi bola bir vaqtning o‘zida ota va onasidan aliment undirishi mumkin north_east

Endi bola bir vaqtning o‘zida ota va onasidan aliment undirishi mumkin

Karantin paytida farzand uchun olinadigan alimentlar to‘lanishi kerakmi? Ushbu savol bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri matbuot kotibi Sevara O‘rinboyevaga murojaat qilindi.

“Aliment to‘lovlari — bu avvalambor voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Shu bois har ishga individual tarzda yondashiladi va holatdan kelib chiqib chora ko‘riladi. 

Aliment to‘lovlarida uzilish bo‘lmasligi shart. 

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, faqatgina agar voyaga yetmagan bola davlat yoki nodavlat muassasalarining to‘liq ta’minotida bo‘lsa, sud aliment to‘layotgan ota yoki onaning moddiy ahvolini hisobga olib, uni aliment to‘lashdan ozod qilish haqida hal qiluv qarori chiqarishi mumkin”, deydi O‘rinboyeva savolga javoban.

Ma’lumot o‘rnida, dunyo miqyosida koronavirusga chalinganlar 542 788 kishini tashkil etmoqda. Ushbu kasallikdan bugungacha 24 361 kishi vafot etdi. Kasallanganlarning 124 351 virusdan butkul forig‘ bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda ushbu virusni yuqtirib olganlar 83 nafarga yetdi. Koronavirusga chalingan bir bemor miokard infarktidan vafot etdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Aliment Karantin

Baholaganlar

165

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing