Alimentdan qarzdor “shovvoz” panjaradan oshib qochishga urindi (video)
3-sahifa
−
20 yanvar 5657 1 daqiqa
Namangan viloyatida alimentdan qarzdor ota panjara-to‘siqdan oshib o‘tib qochayotganda ushlandi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi matbuot kotibi Farrux Toshpo‘latov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Uning bildirishicha, joriy yilning 20 yanvar kuni Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi qidiruv sho‘’basi xodimlari tomonidan alimentdan 30 million so‘m qarzi bilan qidiruvda bo‘lgan ota nihoyat qo‘lga olingan. U avval ham 15 sutka ma’muriy qamoq jazosini o‘tagan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atish uchun bo‘limga olib kelingan vaqtda esa u panjara-to‘siqdan oshib, qochib ketishga uringan.
Qayd etilishicha, Namangan viloyatida 2025 yil davomida qidiruvdagi 258 nafar qarzdorning 61 nafariga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 146 nafariga esa ma’muriy chora ko‘rilgan. 31 nafar qarzdorlar tomonidan 396 mln so‘m aliment pullari to‘lab berilgan. Hozirda 82 nafar shaxslar qidiruvda bo‘lib, shundan 25 nafari mahalliy qidiruvdagilar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatida alimentdan qarzdor ota boshqa xotinining uyidagi balkonda yashiringanida ushlangan edi.
Live
Barchasi