Aliment to‘lovchilarga chet elga chiqish mumkin bo‘ldi. Faqat…

Jamiyat

image

O‘zbekistonda aliment to‘lovchilar endi sug‘urta polisi orqali chet davlatga uch oygacha muddatga borib kelishi mumkin bo‘ladi. Bosh prokuratura, IIV, DXX qo‘shma qarori bilan “Sud hujjati asosidagi ijro hujjatlarini uzrsiz sabablarga ko‘ra ijro etmagan qarzdor jismoniy shaxslarning O‘zbekistondan chiqishini vaqtincha cheklash bo‘yicha vakolatli davlat organlarining hamkorligi to‘g‘risida”gi nizomga shuni nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxslar sug‘urta polisini ilova qilgan holda iltimosnoma bilan murojaat qilganda davlat ijrochisi ularning chet davlatga chiqishi bo‘yicha vaqtinchalik cheklovni to‘xtatib turadi. Bu kabi sug‘urta turlari tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan sug‘urtalovchilar tomonidan amalga oshiriladi. Sug‘urta polisining mavjudligi Majburiy ijro byurosi tomonidan Istiqbolli loyihalar milliy agentligining axborot tizimidan avtomatik ravishda aniqlanadi.

Aliment to‘lashi shart bo‘lgan, chet davlatga uch oygacha bo‘lgan muddatga borib keluvchi shaxslar chet davlatdan qaytib kelmasligi natijasida aliment to‘lovlarini to‘lash yuzasidan fuqarolik javobgarligini sug‘urtalash sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan sug‘urtalovchilar tomonidan amalga oshiriladi.

Aliment to‘lovlarini to‘lash yuzasidan fuqarolik javobgarlikni sug‘urtalash shartlari sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan sug‘urtalovchilar va Majburiy ijro byurosi o‘rtasida tuziladigan bosh kelishuvda belgilanadi. Ushbu hujjat 26 noyabrdan boshlab kuchga kirdi. Bunga qadar belgilangan tartibga ko‘ra, davlat ijrochisi quyidagi hollarda qarzdorning iltimosnomasiga asosan, qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklashni harakatdan to‘xtatib turishi lozim edi: O‘zbekiston hududidan tashqarida kasalxonaga yotqizishni talab qiladigan qarzdorning sog‘ligini tiklash zaruriyatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda, Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qarzdorni O‘zbekistondan chiqib ketuvchi rasmiy delegatsiya tarkibiga kiritish haqidagi qarori mavjud bo‘lganda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq aliment va qarzdorlik bo‘yicha qidiruvdagilar soni e’lon qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Aliment chet el

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing