Aliment va qarzdorlik bo‘yicha qidiruvdagilar soni e’lon qilindi

Jamiyat

image

Aliment to‘lovlari va qarzdorlikka oid sud qarorlari asosida qidiruvga berilgan fuqarolar soni ma’lum qilindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasi qidiruv shu’basi tomonidan qidiruvdagi shaxslar va mol-mulklarni aniqlash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Boshqarmaning tuman bo‘limlari tomonidan sud qarorlariga asosan, qarzdor deb topilgan 615 nafar shaxsga nisbatan qidiruv e’lon qilingan. Joriy yilning o‘tgan to‘qqiz oyi davomida 430 nafar qidiruvdagi shaxs topilib, keyingi ijro harakatlari amalga oshirilgan. Birgina o‘tgan davrda 62 nafar shaxs topilgan.

Shuningdek, aliment to‘lovchi qarzdorlardan 69 nafari sud hujjati ish yurituvga qabul qilinishidan avval chet davlatlarga chiqib ketgani aniqlangan. Ularga nisbatan davlatlararo qidiruv e’lon qilinib, xalqaro shartnomalar asosida tegishli so‘rovnomalar yuborilgan.

“Hozirda bolalar manfaatlarini ta’minlash, sud qarorlarini to‘liq ijro etish va qonuniylikni qaror toptirish yo‘lida izchil ishlar olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq alimentdan 63 million so‘m qarzdorligi bor sirdaryolik ota boshqa viloyatdagi molxonalardan birida topilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

qarzdorlik Aliment

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing