MIBdan qarzi borlarning telefoni bloklanadimi?

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda Majburiy ijro byurosidan qarzdorlik sababli mobil telefon qurilmalari bloklanishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Majburiy ijro byurosi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlar orqali ijro hujjatlariga asosan qarzdorligi mavjud bo‘lgan shaxslarga tegishli bo‘lgan mobil telefon qurilmalarining bloklanishi haqidagi xabarlar feyk.

“Fuqarolarimiz ijro hujjatlari bo‘yicha yuzaga kelgan qarzdorliklar va xorijga chiqish uchun bo‘lgan taqiq bor yoki yo‘qligi haqidagi ma’lumotlarni rasmiy sayt sahifalari yoki mobil telefon orqali ham bilishlari mumkin”, deyiladi xabarda.

Buning uchun Majburiy ijro byurosining rasmiy www.mib.uz veb-sayti hamda Google PlayMarket yoki AppStore tizimiga joylashtirilgan mib.uz Android yoki IOS mobil ilovalaridan foydalanish tavsiya qilinadi.

Yuzaga kelgan qarzdorlik hamda uni undirish bilan bog‘liq ijro harakatlari mobil yoki boshqa qurilmalarning ishlash jarayoniga ta’sir qilmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

MIB qarzdorlik Majburiy ijro byurosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing