Xorazmda MIB xodimi 1500 dollar pora bilan qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Xorazm viloyatining Xiva tumanida Majburiy ijro byurosi xodimi 1500 dollar pora bilan ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Majburiy ijro byurosining Xiva tuman bo‘limi davlat ijrochisi xizmat mavqeidan foydalanib, bo‘lim ish yurituvidagi ijro ishi bo‘yicha 1995 yilda tug‘ilgan fuqarodan undirilishi lozim bo‘lgan 4 mln 526 ming so‘m soliq qarzdorligini, shuningdek, unga va uning otasiga nisbatan hisoblangan jami 22 mln 822 ming so‘m yer va mol-mulk soliqlarini mansabdor tanishlari orqali bartaraf qilib bermoqchi bo‘lgan. Buning evaziga u 1500 AQSH dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bildirilishicha, hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida tadbirkorning ishini hal qilib berish evaziga 2 200 dollar pora talab qilgan inspektor ushlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

pora Xorazm MIB

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing