“O‘zenergoinspeksiya” tadbirkorga asossiz 1,1 mlrd so‘m qarzdorlik hisobladi

3-sahifa

image

Sirdaryo viloyatida “O‘zenergoinspeksiya” tadbirkorga asossiz 1,1 mlrd so‘m qarzdorlik hisoblagani aniqlandi. Bu haqda Biznes-ombudsman xabar berdi.

Qayd etilishicha, viloyatdagi “R.A.” MCHJ rahbari Biznes-ombudsmanga murojaat qilib, korxonaga elektr energiyasidan 1,1 mlrd so‘m miqdorida asossiz qarzdorlik hisoblanganidan noroziligini bildirgan.  

Aniqlanishicha, “O‘zenergoinspeksiya” viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkor elektrdan noqonuniy foydalangani aytilib, qo‘shimcha qarzdorlik hisoblash bo‘yicha ko‘rsatma berilgan. 

Biznes-ombudsman tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlarda tadbirkorning aslida boshqa korxonaga (“G.A.G.K.” MCHJ) qonuniy tartibda subiste’molchi sifatida ulangani va yuzaga kelgan qarzdorlik ham aslida mana shu korxonaga tegishli ekani ma’lum bo‘lgan.  Natijada tadbikorga asossiz hisoblangan 1 mlrd so‘mdan ortiq to‘lov bekor qilingan.

Qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan elektr tarmoqlari korxonasi mas’uliga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risdagi kodeksning 215-5-moddasi (Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilikni buzish) bilan tegishli tartibda ma’muriy javobgarlik chorasi qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida aholi uchun maishiy chiqindi tashish xizmatlari ko‘rsatish jarayonida jiddiy qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘yilib, 250 mingga yaqin iste’molchidan jami 8,8 milliard so‘mdan ortiq asossiz to‘lov undirilgani aniqlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

qarzdorlik O'zenergoinspektsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing