“O‘zenergoinspeksiya”ga ham yangi boshliq tayinlandi
Jamiyat
−
27 iyul 5202 1 daqiqa
Axadxon Ikromjonovich Isoqjonov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni imzolandi.
Unga ko‘ra, Dadajon Aynaqulovich Isaqulov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi. U 2025 yilning noyabridan beri mazkur lavozimda faoliyat yuritayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Axadxon Isoqjonov uzoq muddat "O‘ztransgaz" aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi (v.v.b.) lavozimida faoliyat yuritgan hamda tizimni modernizatsiya qilish, iste’molchilar murojaatlari bilan ishlash jarayonlarini boshqargan.
Keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishladi. Ushbu lavozimda MDH doirasidagi xalqaro anjumanlarda O‘zbekiston delegatsiyasiga boshchilik qildi hamda global kompaniyalar (masalan, ROSEN Group) bilan sanoat xavfsizligi yo‘nalishidagi hamkorlik memorandumlari imzolanishini muvofiqlashtirdi.
Live
Barchasi