Karantin sabab bitiruvchi pasport ololmadi. U OTMga qanday hujjat topshiradi?

Jamiyat

image

Joriy yilda oliy ta’lim muassasalariga hujjatlarni qabul qilish onlayn shaklda Davlat test markazi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi. Ushbu onlayn qabul tizimi abituriyentlarning fuqarolik pasportidagi jismoniy shaxslarning identifikatsiya raqami (PiNFL) bilan bog‘lanadi. Shu bois oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishda 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilar pasport olishlari muhim hisoblanadi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda karantin cheklovlari joriy etilgani sababli pasport yoshiga (16 yosh) yetgan 41 000 dan ortiq bitiruvchi fuqarolik pasportini o‘z vaqtida olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan.

Ta’kidlanishicha, 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilarning pasport olishi zarur ekanligi, bu masalada Ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalariga murojaat etish zarur.

Eslatib o‘tamiz, abituriyentlardan hujjatlar 20 iyundan 20 iyulgacha qabul qilinadi.

Endilikda abituriyentlarga test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi hamda fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqi berildi.

Shuningdek, O‘zbekistonda Oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari joriy yilning 1 avgustidan boshlanishi rejalashtirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

OTM Abiturient

Baholaganlar

78

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing