Karantin qoidalarini buzgan 78 nafar ichki ishlar xodimi jarimaga tortildi

Jamiyat

image

2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimiga adashib kirib qolgan 7039 ta xodimga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanilgan. 133 ta xodim jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov “Yuksalish” umummilliy harakatida o‘tgan jamoatchilik muloqotida ma’lum qildi. 

“Safimizni adashib kirib qolganlardan tozalash bo‘yicha ko‘pgina ishlar amalga oshiriladi, mana masalan 2019 yilda jami 7039 ta xodimga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanilgan. Bundan tashqari, yo‘l harakat qoidalarini buzgan 1223 ta xodimga jarima qo‘llanilgan. Va eng achinarlisi 133 ta xodim jinoiy javobgarlikka tortilgan”, deydi G‘iyosov.

Qayd etilishicha, joriy yilda ichki ishlar organlarining 2350 nafar xodimi xizmat intizomini buzgan. Ulardan 529 tasi yo‘l harakati qoidalarini buzgani aytiladi. Ular jarimaga tortilgan hamda 45 ta xodimga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. 78 nafar xodim karantin qoidalarini buzganlik uchun jarimaga tortilgan. Namangan viloyatidagi tezkor xodim esa ishdan bo‘shatilgan. 

“Mana raqamlar, endi kim ayta oladi bular o‘zinikini bekitadi deb. Qonun ustuvorligini so‘zda emas, amalda ta’minlash ta’minlash, ayni vaqtda bizning birinchi vazifamizdir”, deb qo‘shimcha qiladi G‘iyosov. 


Maqola muallifi

Teglar

Shohruh G'iyosov

Baholaganlar

160

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing