Kapello Anchelottiga Braziliya termasini boshqarishni tavsiya qildi

Sport

image

Italiyalik mashhur murabbiy Fabio Kapello “Real”ning Yevropa Chempionlar ligasi yarim finalidan chiqib ketgani haqida fikr bildirdi. Ikkita o‘yin natijasiga ko‘ra, Madrid klubi “Manchester Siti”ga umumiy 5:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

“Anchelotti, ehtimol, hozir Braziliya terma jamoasidan kelgan taklif haqida o‘ylayotgandir, chunki bugungi kunda “Real”dan ham kuchliroq jamoalar bor. Agar siz faoliyatingizni muvaffaqiyat bilan yakunlamoqchi bo‘lsangiz, masalan, Jahon chempionatida g‘alaba qozonishni istasangiz, Braziliya terma jamoasi bu yaxshi imkoniyat”, deydi Kapello.

“Shaharliklar”ga qarshi o‘yindan so‘ng Anchelottining o‘zi kelasi mavsumda “Real”ga murabbiylik qilishni rejalashtirayotganini aytdi. Anchelottining “Real” bilan shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan.

Joriy mavsum italiyalik mutaxassis “qirollik klubi” bilan Ispaniya kubogini yuta oldi. Jamoa La Ligada 34 ta o‘yindan so‘ng 71 ochko bilan 2-pog‘onada bormoqda. Klubning eng yaqin ta’qibchisi “Atletiko” esa 69 ochko to‘plab, 3-o‘rinni band etgan.


Maqola muallifi

Teglar

“Real” Fabio Kapello

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing