Kapadze va Haydarov O‘FAda mas’ul lavozimga tayinlandilar

Sport

image

Futboldagi faoliyatini tugatgan yarim himoyachi Azizbek Haydarov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi terma jamoalar bo‘limida ish boshlamoqda. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati yozdi. Unga turli yoshdagi barcha terma jamoalar ishini muvofiqlashtirish kabi mas’uliyatli vazifa topshirilgan. 

Haydarov bilan bir davrda terma jamoada to‘p surgan o‘zbek futbolining yana bir afsonaviy vakili, uchrashuvlar soni va titullar bo‘yicha O‘zbekistonda rekordchilardan biri hisoblangan Timur Kapadze ham O‘FA tizimida ish boshlagan. Avval milliy terma jamoada vaqtinchalik murabbiy sifatida ishlab, keyinchalik “Lokomotiv” klubi o‘rinbosarlar tarkibiga murabbiylik qilgan Kapadze, to‘plagan tajribasini seleksiya ishlariga yo‘naltiradi. O‘FAning seleksiya ishlari aynan Timur Kapadze zimmasiga yuklangan..

Eslatib o‘tamiz, yaqinda O‘FAda ikki olamshumul tayinlov yuz bergan edi. Assotsiatsiya Prezidenti lavozimiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov, vitse-prezident lavozimiga Ravshan Ermatov tayinlangandi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Azizbek Haydarov Timur Kapadze

Baholaganlar

26

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing