O‘zbekiston MTJ yig‘iniga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning 28 may kuni navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga kirishadi. Bosh murabbiy Timur Kapadze tomonidan ushbu yig‘inga jalb etilgan futbolchilarning ro‘yxati e’lon qilindi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, terma jamoa 29 maydan yig‘inni Birlashgan Arab Amirliklarida davom ettiradi. JCH-2026 saralash bosqichi doirasida 5 iyun kuni BAAga qarshi safarda o‘yin o‘tkazsa, 10 iyun kuni “Bunyodkor” stadionida Qatarni qabul qiladi. 

Bosh murabbiy Timur Kapadze tomonidan yig‘inga jalb etilgan futbolchilarning ro‘yxati:

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonning BAAga qarshi bahsi Abu-Dabida shahridagi “Ol Nahayon” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi. Qatarga qarshi o‘yin esa 10 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 18:45 da o‘tkaziladi. 

BAA – O‘zbekiston uchrashuvini avstraliyalik Shon Evans boshqarib boradi, unga qanotlarda hamyurtlari Jorj Lakrindis va Ouen Goldrik yordam beradi. 4-rasmiy hakam sifatida Jonatan Barreyro, VAR'da esa Aleksandr King ishlaydi.

Shuningdek, O‘zbekiston – Qatar uchrashuvi xitoylik hakamlar brigadasiga ishonib topshirilgan. Bosh hakam – Ma Ning, unga qanotlarda Joyu Fei va Jang Cheng yordam beradi. 4-rasmiy hakam Jin Jingyuan, VAR'da esa Fu Ming faoliyat olib boradi.

Hozirda O‘zbekiston milliy terma jamoasi “A” guruhidan o‘rin olgan va 8 ta turda 17 ochko jamg‘argan holda 2-o‘rinni egallab turibdi. BAAda 13, Qatarda 10 ochko bor hamda mos ravishda 3 va 4-o‘rinlarni band etgan. Amirliklarga qarshi o‘yindagi durang ham O‘zbekiston terma jamoasini Jahon chempionatiga olib chiqadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston MTJ Timur Kapadze JCh-2026 saralash bosqichi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing