Kannavaro O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyi bo‘lishga rozi – Romano

Sport

image

Fabio Kannavaro O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi bo‘lishga rozilik berdi. Bu haqda mashhur insayder Fabritsio Romano ma’lum qildi.

“Tomonlar o‘rtasida og‘zaki kelishuv amalga oshirilgan, endi rasmiy jarayonlar kutilmoqda. Kannavaro 2026 yilgi Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasini boshqaradi”, deyiladi xabarda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, asosiy hujjatlar keyingi 24/48 soat ichida ko‘rib chiqiladi.

Ma’lumot uchun, Fabio Kannavaro futboldagi faoliyatini yakunlagach, Yaqin Sharq va Xitoy klublarini boshqargan. 2019 yilda u Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan. 2022 yildan 2023 yilgacha Italiyaning “Benevento” klubi bosh murabbiyi bo‘lib ishlagan. 2024 yilning aprelida u “Udineze” (Italiya) klubini qabul qilib olgan va bir muddat ishlagan.  Shundan so‘ng, Kannavaro Xorvatiyaning “Dinamo Zagreb” klubida ham bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan. Joriy yilning 9 aprelidan buyon ishsiz.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq italiyalik jurnalist va insayder Nikolo Skira Fabio Kannavaro O‘zbekiston milliy terma jamoasini joriy yilning 13 oktyabr kuni Urugvayga qarshi bahsga olib borishi mumkinligi haqida ma’lum qilgan edi.

Jahongir Inomjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston MTJ Fabio Kannavaro Fabritsio Romano

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing