O‘zbekiston MTJ noyabrda xalqaro turnirda ishtirok etadi
Sport
−
22 Oktabr 2025 6789 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Dubaydagi xalqaro turnirda ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, O‘zbekiston MTJ noyabr oyidagi FIFA kunlarida Dubaydagi xalqaro o‘rtoqlik turnirida qatnashadi. Musobaqada Jahon chempionati ishtirokchilari – O‘zbekiston, Eron, Misr va Kabo-Verde terma jamoalari ishtirok etadi. Uchrashuvlar “Al-Nasr” klubiga qarashli “Al-Maktum” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Mazkur o‘rtoqlik turniridagi dastlabki bellashuvda O‘zbekiston Misrga, Eron esa Kabo-Verdega qarshi o‘ynaydi. Ushbu to‘qnashuvlardagi g‘oliblar esa kichik turnirning finalida bahs olib boradi.
Barcha uchrashuvlar Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Misr milliy terma jamoasi mazkur xalqaro o‘rtoqlik turnirida ishtirok etish borasida kelishuvga yaqin ekanligi haqida xabar berilgan edi.
Jahongir Inomjonov
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025