O‘zbekiston Saloh yetakchiligidagi Misr bilan o‘ynashi mumkin
Sport
−
10 Oktabr 2025 4833 1 daqiqa
Joriy yilning noyabr oyidagi xalqaro tanaffusda O‘zbekiston, Eron, Kabo-Verde va Misr terma jamoalari ishtirokidagi o‘rtoqlik turniri tashkil etilishi mumkin. Bu haqda “Shorouk News” nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Misr futbol assotsiatsiyasi dekabrda Marokashda bo‘lib o‘tadigan Afrika Millatlar Kubogiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida keyingi oydagi FIFA kunlarida terma jamoaning xalqaro o‘rtoqlik turnirida ishtirok etish borasida kelishuvga yaqin turibdi.
Mazkur o‘rtoqlik turniridagi dastlabki bellashuvda O‘zbekiston Misrga, Eron esa Kabo-Verdega qarshi o‘ynaydi. Ushbu to‘qnashuvlardagi g‘oliblar esa kichik turnirning finalida bahs olib boradi.
Hozircha turnirning qayerda va qaysi sanada o‘tkazilishi noma’lum. Shuningdek, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ham bu haqda rasman xabar bergani yo‘q.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Misr terma jamoalari tarixda hali to‘qnash kelmagan.
Jahongir Inomjonov
Live
Barchasi