Kanadada ChatGPT'ga nisbatan tergov boshlandi

Olam

image

Kanadada ChatGPT chatbotining egasi OpenAI kompaniyasiga nisbatan tegrov boshlandi. Bu haqda “The Globe And Mail” xabar berdi

Qayd etilishicha, kompaniyaga nisbatan shaxsiy ma’lumotlarni ruxsatsiz to‘plash, ishlatish va oshkor qilish bo‘yicha ish ochilgan. Ish yuzasidan boshqa tafsilotlar hozircha ma’lum qilinmagan. 

Eslatib o‘tamiz, Kanada OpenAI bo‘yicha tergov boshlanganini e’lon qilgan dunyodagi ikkinchi mamlakat bo‘ldi. Mart oyining oxirida Italiyada ChatGPT'dan foydalanish vaqtincha cheklandi. OpenAI kompaniyasining Yevropadagi vakili esa ChatGPT'ni Yevropa ma’lumotlar xavfsizligi siyosatiga moslashi kerakligi, aks holda jarimaga tortilishi mumkinligi haqida ogohlantirilgan. 

Shuningdek, ushbu chatbot Germaniyada ham bloklanishi mumkinligi ma’lum qilingan

Avvalroq dunyoda sun’iy intellekt sabab 300 million odam ishsiz qolishi mumkinligi aytilgandi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

tergov Kanada ChatGPT

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing