ChatGPT Germaniyada ham bloklanishi mumkin
Olam
−
03 aprel 2023
5925Germaniya hukumati ma’lumotlar xavfsizligi bilan bog‘liq muammolar sabab ChatGPT sun’iy intellektini bloklashi mumkin. Bu haqda "Reuters" xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Germaniya shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash bo‘yicha komissari Ulrix Kelber Germaniyada ham Italiyadagi kabi ChatGPT bloklanishi mumkinligiga ishora qilgan. Ammo buni amalga oshirish bo‘yicha joriy harakatlar qanday bo‘lishini oshkor qilmagan.
Eslatib o‘tamiz, Italiya hukumati ham shaxsiy ma’lumotlarning xavfsizligi muammolari sabab ChatGPT'ni vaqtinchalik bloklagan edi. OpenAI kompaniyasining Yevropadagi vakili esa ChatGPT'ni Yevropa ma’lumotlar xavfsizligi siyosatiga moslashi kerakligi, aks holda jarimaga tortilishi mumkinligi haqida ogohlantirilgan.
Avvalroq dunyoda sun’iy intellekt sabab 300 million odam ishsiz qolishi mumkinligi aytilgandi.
LiveBarchasi