Kanada Ukrainaga 80 mingdan ortiq raketa yetkazib beradi

Olam

image

Kanada yaqin oylarda Ukrainaga 80 840 ta kichik havo-yer raketalari hamda 1300 ta jangovar kallaklarni yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Kanada Mudofaa vaziri Bill Blerga tayanib, bugun, 6 sentyabr kuni “Reuters” xabar berdi.

Kanada iyun oyida 2160 ta CRV7 raketalarining dastlabki yetkazib berilishini e’lon qilgan. Har bir CRV7 raketasi binolar, tanklar yoki dushman qo‘shiniga zarba berish uchun turli xil jangovar kallaklar bilan jihozlanishi mumkin.

“Kanada, shuningdek, mamlakat Qurolli kuchlari foydalanmayotgan 29 ta M113 zirhli transportyorlari va 64 ta Coyote zirhli avtomobillarining shassilarini sovg‘a qiladi”, deydi Bler.

Ma’lumot uchun, Rossiya 2022 yilning fevral oyida Ukrainaga bostirib kirganidan beri Kanada harbiy yordam sifatida Ukrainaga 4,5 milliard Kanada dollari (3,3 milliard dollar) ajratdi. Bundan tashqari, oldinroq Ottava Kiyevga sakkizta Leopard 2A4 tanki, o‘nlab zirhli jangovar yordam mashinalari va yuzlab zirhli patrul mashinalari, shuningdek, bir qator M-777 155 mm gaubitsalarini yuborgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Ukraina ittifoqchilari Rossiyaning mamlakat hududiga yangi yirik hujumlari munosabati bilan harbiy yordamni kengaytirish niyatida ekanini e’lon qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina raketa Kanada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made