Kanada Bosh vazirining salladagi surati norozilikka sabab bo‘ldi

Olam

image

Canadian Proud konservativ guruhi Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudoning sallada yuzini qoraga bo‘yab olgan holatdagi suratini Twitter sahifasiga joyladi. Bu haqda “Daily Mail” xabar bergan.  

Bu kecha, 20 sentyabrda mamlakatda boshlangan navbatdagi parlament saylovlarida Tryudoning g‘alaba qozonish imkoniyatini yomonlashtirishi mumkinligi taxmin qilingandi. 

Biroq, taxminlar o‘z isbotini topmadi. Kanada Milliy saylov komissiyasiga ko‘ra, muddatidan oldin o‘tkazilgan parlament saylovlarida Tryudoning hukmron Liberal partiyasi g‘alaba qozondi.‌‌ 

Ma’lumotlarga ko‘ra, rasm 2001 yilda, bo‘lajak Bosh vazir Vankuverda xususiy o‘qituvchi bo‘lib ishlagan va “Arab kechasi” tadbirida qatnashgan paytda olingan. Kechaga tashrif buyurganlarning ko‘pchiligi, shu jumladan Tryudo ham arab va berber madaniyatiga xos uslubda kelgan. 

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Kanada yetakchisining fotosuratidan g‘azablangan, uni irqchi deb hisoblashgan. Tryudoning o‘zi rasmga hozircha izoh bermagan. 

Avvalroq, Kanadada namoyishchilar Tryudoga bir hovuch tosh otgani haqida xabar bergandik. 


Maqola muallifi

Teglar

Kanada Tryudo

Baholaganlar

308

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing