Kanada Bosh vazirining xonadonida barchasi izga tushdi
Olam
−
29 mart 2020
6190Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudoning rafiqasi Sofi Greguar-Tryudo koronavirusdan tuzaldi. Bu haqda u Facebook’dagi o‘z sahifasida ma’lum qilgan.
“Salom, mening qadrli do‘stlarim, yelkadoshlarim va kanadaliklar. Sizlarga so‘nggi yangilikni ilinishni istadim. Men o‘zimni yanada yaxshi his qilyapman. Shaxsiy shifokorim va Ottava Sog‘liqni saqlash vazirligi xavf ortda qolganini ma’lum qilishdi”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo joriy yilning 11 mart kuni Londondan qaytgan rafiqasida koronavirus alomatlari kuzatilgani, er-xotin birgalikda karantinga olingani haqida xabar bergan edik. Bosh vazir va oiladagi bolalarning salomatligi aytilgan.
Kanadada koronavirus ilk bor 15 mart kuni aniqlandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga 5625 nafar odam chalindi. 499 bemor shifo topgan bo‘lsa, 61 kishi vafot etdi.
LiveBarchasi