Kanada Bosh vaziri kutilmaganda Kiyevga bordi
Olam
−
10 iyun 2023
4941Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo bugun, 10 iyun kuni kutilmagan tashrif bilan Ukraina poytaxti Kiyevga bordi va mamlakat Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi. Bu haqda “CBC News” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh vazirga Ukrainaga safari davomida uning o‘rinbosari Xristya Friland hamrohlik qilmoqda. Mazkur tashrif Xersonda Kaxovka GESining portlashi va buning oqibatida yetkazilgan zararni qoplash, hudud bo‘ylab evakuatsiya harakatlari davom etayotgan bir paytda amalga oshirilmoqda. Bu Kanada Bosh vazirining 2022 yil 24 fevralda Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan buyon ikkinchi bor Kiyevga kelishi bo‘ldi.
Tryudo Kiyevga safarini shahardagi Rossiya-Ukraina urushi qurbonlari xotirasiga qo‘yilgan Xotira devoriga gulchambar qo‘yishdan boshlagan.
Tryudoning e’lon qilinmagan tashrifi Ukraina yirik qarshi hujumga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir vaqtda unga nisbatan hayrixohlik hamda qo‘llab-quvvatlash belgisi sifatida talqin qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 9 iyun kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin MDH davlatlari hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishiga borganida jurnalistlar savoliga javob berayotib, Ukrainaning qarshi hujumi boshlanganini aytgandi.
LiveBarchasi