Kanada AQSH bilan keng savdo urushiga tayyorlanmoqda – “Bloomberg”
Olam
−
15:55
1633AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp Kanada tovarlariga 25 foizlik bojlarni joriy qilsa, Kanada ham AQSHning deyarli barcha tovarlariga, jumladan, neft va uranga bojlar joriy etish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Kanada rasmiylari AQSH eksport qiladigan o‘nlab Amerika mahsulotlari ro‘yxatini ishlab chiqmoqda. Xususan, ular yetarli miqdorda iqtisodiy zarar yetkazadigan mahsulotlarni nishonga olmoqda. Ammo bu borada hozircha hech qanday qaror qabul qilinmagan.
“Menimcha, biz bunga tayyor bo‘lishimiz kerak”, deydi Kanada Tashqi ishlar vaziri Melani Joli.
Ma’lumot uchun, Kanada Amerika tovarlari bo‘yicha dunyodagi eng yirik xaridor bo‘lib, o‘tgan yilning 11 oyida 341 milliard dollarlik Amerika tovarlarini import qilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyi oxirida Tramp Kanadadan import qilinadigan mahsulotlarga 25 foizlik bojlar joriy etilishini e’lon qilgandi. U bu farmonni davlat rahbari sifatidagi birinchi kuniyoq imzolashini aytgandi. Shuningdek, u Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudoga qo‘ng‘iroq qilib, agar Kanada hududlari AQSHning 51-shtatiga aylansa, kanadaliklar uchun soliqlar 60 foizdan ko‘proqqa kamaytirishini bildirgan.
Mohimbegim Ma’rufaliyeva
LiveBarchasi