Kanada ham Mahsa Amini o‘limi ortidan Eronga sanksiyalar qo‘llamoqda
Olam
−
26 Sentabr 2022
9103Kanada rasmiylari sentyabr oyi o‘rtalarida hibsga olinganidan keyin vafot etgan eronlik Mahsa Aminining vafoti munosabati bilan bir necha o‘nlab Eron rasmiylari, biznes vakillari, shuningdek, Eron axloq politsiyasiga qarshi sanksiyalar joriy qiladi. Bu haqda Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo bugun, 26 sentyabr kuni jurnalistlarga ma’lum qildi.
“Bugun men o‘nlab shaxslar va tashkilotlarga, jumladan, Erondagi axloq politsiyasiga qarshi sanksiyalar qo‘llashimizni e’lon qilaman”, deydi u cheklovlarga duchor bo‘lgan fuqarolar va tashkilotlarning aniq sonini aytmasdan.
Tryudo buni ro‘molni noto‘g‘ri taqib yurgani uchun 16 sentyabr kuni axloq politsiyasi tomonidan hibsga olingan 22 yoshli Mahsa Aminining o‘limi bilan izohladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron hukumati “inson huquqlarini poymol qiladi va o‘z fuqarolarini himoya qilmaydi”. Hukumat rahbarining qo‘shimcha qilishicha, Ottava Eronda inson huquqlari buzilishi davom etsa, unga qarshi sanksiyalar qo‘llashda davom etishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 sentyabr kuni Eronda axloq politsiyasi tomonidan noto‘g‘ri hijob kiygani uchun hibsga olingan 22 yoshli talaba Mahsa Amini vafot etdi. Uning vafotidan so‘ng mamlakatda norozilik namoyishlari boshlandi.
Namoyish sifatida butun mamlakat bo‘ylab ayollar hijobni yoqib, sochlarini kesmoqda. Ushbu norozilik dunyoning boshqa mamlakatlarida ham aks-sado bermoqda.Namoyishchilar ko‘chalarni to‘sib, xavfsizlik kuchlariga tosh otdi, politsiya mashinalari va axlat qutilariga o‘t qo‘ydi, hukumatga qarshi shiorlar aytishdi.
Amini o‘tgan hafta poytaxtda Eron axloq politsiyasi tomonidan ayollarning sochlarini hijob yoki ro‘mol, qo‘l va oyoqlarini keng kiyim bilan o‘rashni talab qiluvchi qonunni buzganlikda ayblanib hibsga olingan edi.
Qo‘lga olinganidan uch kun o‘tgach, Amini vafot etdi. Rasmiylarga ko‘ra, o‘limga "yurak yetishmovchiligi" sabab bo‘lgan. Ammo marhumning qarindoshlari qizning yuragida hech qachon muammo bo‘lmaganini da’vo qilmoqda. Ular jabrlanuvchini kaltaklash oqibatida vafot etgan, deb taxmin qilmoqda.
BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari vazifasini bajaruvchi Nada Al-Nashif Amini politsiya tomonidan kaltaklangani haqidagi xabarlarga ishora qildi.
Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘tgan hafta hibsga olingandan keyin vafot etgan eronlik Mahsa Amini o‘limi sababli Eronning axloq politsiyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi.
LiveBarchasi