Kamola Xarris Tramp tanlagan nomzodni “yoqtirmayapti”

Olam

image

AQSH Oliy sudi sudyasi lavozimiga Emi Koni Barrett nomzodini ko‘rib chiqish jarayoni "noqonuniy" amalga oshirilmoqda. AQSH vitse-prezidentligiga demokratlardan nomzod Kamola Xarris shunday fikrda. 

"Oliy sudga nomzod ko‘rsatish jarayoni noqonuniy ravishda amalga oshirilmoqda. Respublikachilar pandemiya paytida millionlab amerikaliklarni Sog‘liqni saqlash tizimdan foydalanishdan mahrum qilgan nomzodni ilgari surish uchun hech narsadan tap tortishmaydi", deb yozgan Xarris Twitter'dagi sahifasida.

Demokrat senatorlar agar Barrett nomzodi ma’qullansa, sobiq prezident Barak Obama ma’muriyati tomonidan qabul qilingan Obamacare tibbiy sug‘urtasi dasturi bekor qilinadi, deb o‘ylashmoqda. 

AQSH Prezidenti Donald Tramp ushbu dasturni bir necha bor tanqid qilgan. Uni yo‘q qilib, arzonroq dastur bilan almashtirishga va’da bergan. Demokratlarning fikriga ko‘ra, agar u bekor qilinsa, Obamacare tibbiy sug‘urtasi dasturi 20 millionga yaqin amerikalikdan ajralishi mumkin. 

Ma’lumot uchun, AQSH Oliy sudidagi o‘rindiq 18 sentyabr kuni 87 yoshli Rut Beyder Ginzburgning saraton kasalligidan vafot etishi sababli bo‘sh qolgan.

AQSH Prezidenti Donald Tramp 26 sentyabr kuni yettinchi tuman apellyatsiya sudi sudyasi Emi Koni Barrett nomzodini AQSH Oliy sudi sudyasi lavozimiga ko‘rsatish to‘g‘risida qaror qabul qilganini e’lon qilgan.

Barrett o‘zining konservativ qarashlari bilan tanilgan.

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Demokratik partiyasi Trampdan suddagi mavjud vakansiyani zudlik bilan to‘ldirish rejasidan voz kechishini talab qilishmoqda. Demokratlar ushbu huquqni 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari g‘olibiga berishni xohlashmoqda.

Ma’lumot uchun, AQSHda prezidentlik saylovlari 3 noyabr kuni o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

sud'ya tramp amerika barrett

Baholaganlar

98

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing