Kamola Harris Baydenning o‘rnini egallashga tayyor 

Olam

image

AQSH vitse-prezidenti Kamola Harris zarurat tug‘ilsa, davlat rahbari lavozimini egallashga tayyor. Bu haqda u kecha, 12 fevral kuni “The Wall Street Journal” (WSJ) gazetasi muxbirlari bilan suhbatda so‘z ochdi

"Men xizmat qilishga tayyorman. Bunga hech qanday shubha yo‘q", deydi u saylovchilarning AQSHning amaldagi Prezidenti Jo Baydenning yoshi haqidagi xavotirlariga izoh berish so‘roviga javob berar ekan.

Harrisning so‘zlariga ko‘ra, Baydenni ish joyida ko‘rgan har bir kishi uning yetakchilik qobiliyatini anglab yetadi. WSJ’ning Demokratlar partiyasidagi manbalariga ko‘ra, demokratlar yaqinlashib kelayotgan prezidentlik saylovlarida Baydenni boshqa nomzod bilan almashtirish borasida jiddiy suhbatlar o‘tkazmayapti. Bundan tashqari, praymerizda ishtirok etish uchun hujjatlarni topshirish muddati allaqachon tugagan.

Agar 81 yoshli Jo Bayden har qanday sababga ko‘ra bu yilgi saylovdan chiqishga qaror qilsa, vitse-prezident Kamola Harris avgust oyida bo‘lib o‘tadigan Demokratik partiyaning Milliy qurultoyida uning o‘rnini egallash uchun ko‘pchilik demokrat delegatlarning qo‘llab-quvvatlashini qozonishi kerak bo‘ladi. 

“Agar qurultoydan keyin Prezident o‘z nomzodini qaytarib olsa, uning saylovdagi vorisi Demokratlar partiyasi milliy qo‘mitasi tomonidan aniqlanadi”, deb yozadi WSJ.

Qayd etish joizki, Oq uy Prezident Baydenning xotirasi bilan bog‘liq muammolar borligini inkor etsa-da, u ommaviy chiqishlarida xato qilishda davom etmoqda. Masalan, yaqinda Nyu-Yorkda o‘zining prezidentlik kampaniyasi uchun pul yig‘ilayotgan ziyofat chog‘ida Jo Bayden Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkel va Gelmut Kolni chalkashtirib yubordi. Bundan tashqari, Amerika yetakchisi o‘zining so‘nggi chiqishlarida Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronni marhum Fransua Mitteran bilan adashtirib yuborgan, shuningdek, Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisini Meksika rahbari deb atagan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Jo Bayden Kamola Harris

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made