Kaliforniyada yana yong‘in. Alanga 2 ming gektardan ortiq maydonni egalladi
Olam
−
07 Sentabr 2020
33756 sentyabr holatiga ko‘ra, Kaliforniyaning San-Diyego okrugidagi o‘rmon yong‘inlari qoplagan maydon 2 165 gektarni tashkil etmoqda. Bu haqda davlat yong‘in xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, hozirgacha yong‘in umumiy maydonining bor-yo‘g‘i 1 foizi alangadan bartaraf etilgan.
Kaliforniya shtatidagi Siyerra milliy yovvoyi tabiat qo‘riqxonasida o‘rmon yong‘ini 5 sentyabr kuni boshlandi. Yong‘in dastlab 14,5 ming gektardan ortiq maydonni qamrab oldi. Kamida 150 kishi yong‘in yuz berayotgan hududda qolgan va ular evakuatsiya qilingan.
Kaliforniya shtati gubernatori Gevin Nyusom 18 avgust kuni jazirama va yong‘inlar sababli shtatda favqulodda holat e’lon qilgandi. O‘shanda O‘lim vodiysida rekord darajadagi harorat – selsiy bo‘yicha +54,4 daraja qayd etildi.
Avvalgi harorat rekordi ham aynan shu yerda 2013 yilda o‘rnatilgan. O‘shanda selsiy bo‘yicha +54 daraja o‘rnatilgandi.
Oradan ko‘p o‘tmay, 23 avgust kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp tabiiy ofat munosabati bilan zudlik bilan Kaliforniya shtatida maxsus rejim joriy etish va yong‘inlarga qarshi kurash uchun federal yordam paketini ajratish to‘g‘risidagi qarorni imzolagandi.
LiveBarchasi