Kutubxonada otishma bo‘ldi. Qurbonlar bor
Olam
−
23 iyun 2399 1 daqiqa
Bugun, 23 iyun kuni AQSHning Kaliforniya shtati shimolidagi kutubxonada yuz bergan otishma oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Gumondor esa qo‘lga olingan. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Politsiya xodimlari Butte okrugi kutubxonasining Chiko filialiga kirganida, gumondor binolarning orqa qismidan qochib ketgan. Biroq kutubxona ortida joylashgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uni tez orada qo‘lga olgan.
“Bugungi voqea juda qayg‘uli. Bu ko‘plab odamlar va jamiyatimiz uchun og‘ir ruhiy zarba bo‘ldi”, deydi Chiko shahri politsiyasi boshlig‘i Oldrij matbuot anjumanida.
Hodisadan so‘ng kutubxona atrofidagi ko‘chalar vaqtincha yopilgan. Binoda bo‘lgan fuqarolarni yaqinlari bilan uchrashtirish uchun maxsus markaz tashkil etilgan.
Shuningdek, bir nafar bola yengil tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.
Politsiya boshlig‘i hodisadan keyin jamoatchilik uchun jiddiy xavf yo‘qligini bildirib, tergov ishlari davom etayotganini ma’lum qilgan.
Hozircha gumondorning shaxsi va otishmaga nima sabab bo‘lgani oshkor etilmagan. Halok bo‘lganlarning ismlari ham yaqin qarindoshlari xabardor qilinmaguncha e’lon qilinmaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Illinoys shtati Chikago shahrida noma’lum shaxslar otishma sodir etgani oqibatida kamida 13 kishi jarohatlangandi.
Live
Barchasi